Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlaga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi bu erda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat.

   Interaktiv (“inter”-vzaimniy, “akt”-deystvie-“o’zaro ta`sir” ma`nosini bildiradi) uslubiy yondashuvda o’quvchilar bilish va o’rganish jarayoniga butunlay sho’ng’ib ketadilar, ular o’zlari bilgan va o’ylayotganlari xususida baxslashishilari ham mumkin. Interaktiv darslarda maqsadga erishish uchun etarli zamin yaratadi. O’qituvchi dars rejasini tuzadi (qoida bo’yicha interaktiv mashq va topshiriqlar o’quvchi o’zlashtirayotgan material bilan o’zaro bog’liq bo’ladi). O’quvchilar bajaradigan interfaol darsdagi interaktiv mashq va topshiriqlar uning asosiy tarkibi hisoblanadi. Oddiy mashq va topshiriqlardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni bajarish jarayonida o’ragilgan material nafaqat mustaxkamlanadi, balki yana yangilari ham olinadi. Shuningdek, bu mashq va topshiriqlar interaktiv yondashuvga mo’ljallangan bo’lib, zamonaviy pedagogikada ham uning boy zahirasi to’plangan, shulardan quyidagilarni ajratib olamiz:

  1. Ijodiy topshiriq.
  2. Kichik guruhlar bilan ishlash.
  3. Ta`limiy o’yinlar (rolli, maqsadli va bilim beruvchi o’yinlar).
  4. Jamiyatdagi zahiralardan foydalanish (mutaxassis taklif etish, ekskursiyalar).
  5. Ijtimoiy loyihalar va auditoriyadan tashqari beriladigan ta`lim metodlari (ijtimoiy loyihalar, radio va gazetalar, fil’mlar, saxna asarlari, qo’shiq va ertaklar).
  6. Razminka.
  7. Yangi materialni o’rganish va mustaxkamlash (interfaol ma`ruza, ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, video va audio materiallar, “o’quvchi-o’qituvchi rolida”, “har bir kishi har bir kishiga o’rgatadi”), mozayka (ajurali arra) savollardan foydalanish, buqrotli diolog).
  8. Murakkab va muzokara talab savol va muammolarni echish (“fikr maktabi”, “pozitsiyani egalla”, “POPS” loyihalashtirilgan texnikalar, “bir o’zing, ikki kishi birgalikda”, “pozitsiyani o’zgartir”, “karrusel’”, “televizion tok shou uslubida munozara”, debatlar, simpozium).
  9. Muammo-echim (“echimli daraxt”, “aqliy xujum”, “kazuslar tahlili”, “kelishuvlar va mediatsiya”) va xokozo.

  Ijodiy topshiriqlar deganda biz shunday topshiriqlarni tushunamizki, bunda ishtirokchilardan nafaqat oddiy axborotni qabul qilish, balki unga ijodiy yondoshish ham talab etiladi. Chunki, berilgan topshirivlar katta yoki kichik xajmdagi o’rganilmagan elementga qoidaga ko’ra birn necha yondashuvni talab etadi.

Xullas, hozirgi zamon ilm-fan, texnika rivojlanib borayotgan bir paytda ta`lim sohasida ham tub o’zgarishlar sodir bo’lishi tabiiiydir. Bu ta`limda sifat va samaradorlikka erishishning bosh omilidir. Interfaol-insonning komp’yuter bilan o’zaro bog’lanib ishlashiga, inson mashina o’rtasida diologgga o’xshash sifat. Bunday bog’lanish va diologda interaktiv fikrlash va o’quv materialining interaktivligi deyiladi. Ikkinchi inson bilan ommaviy kommunikatsiya vositasi o’rtasida o’zaro bog’lanib ishlashni amalga oshiruvchi sifat masalan, interaktiv muzey (seyt). Bu muzeyga onleyn rejimda borish mumkin. Interaktiv o’qitish metodi deganda muammoli vaziyatni hal etish uchun o’quvchilar o’rtasida munozara, erkin fikr almashinuvini tashkil etish “aqliy xujum texnologiyasidan” foydalanish mumkin. Kichik guruhlarga o’qitish va umumman o’quvchilar bir-birlarini o’qitadi printsipida dars olib borishni ham tushunish mumkin. Demak interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilar xozirjavoblikka o’rganadi, ularning lug’at boyligi ko’payadi, ilmiy-nazariy bilimi yanada mustaxkamlanadi va darsga qiziqishini orttiradi va intilishga olib keladi.

Pedagogik adabiyotlarda ta`kidlanganidek talabalarning bilish jarayonidagi faolligini oshiruvchi va ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi metod interfaol metod deb ataladi. O’qitishning interfaol metodi ikki ko’rinishda o’zini namoyon qiladi.

1.Talabalarning o’qquv materialini komp’yuter yordamida mustaqil o’zlashtirishni ta`minlash. Bunda talaba komp’yuterda tovush, animtsiya va boshqa imkoniyatlaridan (interfaol muhit) keng foydalangan holda o’qituvchi dastur bo’yicha o’quv materialini mustaqil o’zlashtiradi. U inter’net tarmog’idan ham kerakli axborotni olib o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

2.O’qituvchi-talaba munosabatlarini ularning jonli muloqotini faollashtirish. Bunda odatdagi o’qituvchi monologini mumkin qadar kamaytirib, talabalarni mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvuchi strategiyalardan foydalanish, o’qituvchining mashg’ulotdagi xukmronligidan voz kechib, uni talabalarning mustaqil o’zlashtirishlariga yordam va maslaxat beruvchi, ularga mustaqil faoliyat uchun sharoit yaratuvchi maqsadga yo’llovchi shaxs bo’lishga erishishi nazarda tutiladi. Chunki ilmiy-tadqiqotlarda ta`kidlanganidek mustaqil bilish faoliyati ijodiy tafakkurni rivojlantirishni asosi bo’lib hisoblanadi