“Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4075-sonli qarori

2021 yil 18 fevral kuni «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-sonli qarori ijrosi hamda aholi o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar, firibgarlik, tovlamachilik kabi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish, Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, yo‘l-taransport hodisalarini oldini olish, yashash xonadonlarida “Is gazi” hamda yong‘in bilan bog‘liq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda hodisalarni oldini olish» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori A.J.Mustofaev, Navoiy shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Yu.Ikromov, Navoiy shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, tergov bo‘limi boshlig‘i, mayor U.M.Kenjaev, Navoiy shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, mayor X.Achilov, Navoiy shahar IIO FMB YXXB boshlig‘i, podpolkovnik A.R.Dehqonovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Tadbirda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha «Yo‘l qoidasi-umr foydasi» nomli viderolik namoyishi tashkil etildi. Tadbirda 86 nafar o‘qituvchi-pedagoglar, ishchi xodimlar ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan