Navoiy shahridagi ilk o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan ushbu o‘quv maskani 1982 yil  Navoiy  shahar tibbiyot  birlashmasi  qoshida  tashkil  etilgan, bo‘lib  2 ta yo‘nalishda  “Hamshiralik ishi” va Akusherlik ishi” yo‘nalishlarida o‘quvchilar  qabul qilinib, Navoiy  tibbiyot bilim yurti sifatida  o‘z faoliyatini boshlagan. O‘quv yurtida kasb-hunar egallagan minglab mutaxassislar nafaqat Navoiy viloyati hududida balki butun Respublikamiz hududlarida mehnat qilishmoqda.

Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar tufayli Navoiy  tibbiyot  bilim yurtiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevral 77-sonli, 1998 yil 13 maydagi 204-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni   saqlash vazirligining 2003 yil 29 dekabrdagi № 572-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta   maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim Markazining 2003 yil 6 oktyabrdagi   №244- sonli, Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi  boshqarmasining   2003 yil  21   oktyabrdagi  №168–sonli buyruqlariga  Navoiy tibbiyot kolleji maqomi berildi. Ta’lim-tarbiya mazmuni, o‘quv jarayoni, moddiy-texnika bazasi davr talabiga mos ravishda  tubdan yangilandi va rivojlantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi “Tibbiy sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutloqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4666-sonli qaroriga muvofiq 47 ta tibbiyot kollejlarini Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. SHu jumladan, Navoiy tibbiyot kolleji Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi etib qayta tashkil etildi.

           Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish, amaliyot xonalarni belgilangan normativlarga asosan jihozlash, o‘quv-simulyasion auditoriyalarni tashkil etish, valeologiya, tibbiy psixologiya, nutritsiologiya, dietologiya, farmakologiya, kineziologiya, reabilitologiya, proftologiya fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini joriy etish, texnikum o‘quv rejalari va fan dasturlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish nazarga tutilgan bo‘lib, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos tibbiyot oliy  ta’lim muassasalarining bakalavriat  ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqi berildi.