“AQLIY XUJUM” METODI

Bu metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod bo’lib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, hamda o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma`lum ko’nikma va malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. Va orginal echimlarni topish imkoniyati tug’iladi. “Aqliy xujum” metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma`lum qadriyatlarni aniqlab, ayni vaqtda ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.

Bu metodda qoidalarga amal qilish talab etiladi:

  1. Ishtirokchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
  2. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalar miqdori rag’batlantirib boriladi. Va fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Va fikrlarni rag’batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g’oyalarning tug’ilishiga olib keladi.

  3. Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikr yoki g’oyalariga asoslanishi hamda ularni o’zgartirishi mumkin. Oldin bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin yaratadi.

  4. Mashg’ulot paytida o’quvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’yilmaydi. Agar ularni fikrlari baholanib boriladigan bo’lsa, o’quvchilar o’z diqqatlarini o’axsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatida ular yang fikrlarni ilgari surmaydilar. Bu metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirish ekanligini e`tibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.

“Aqliy xujum ” metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni echish jarayonlarini vaqt bo’yicha bir qancha bosqichlarga (g’oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va kostruktiv ishlab chiqish) ajratishdan iborat.Dars jarayonida “aqliy xujum” dan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi. “Aqliy xujum” ni uyushtirish birmuncha sodda bo’lib, undan ta`lim mazmunini o’zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining echimini topishda ham juda qo’l keladi. Dastlab guruh yig’iladi va ular oldiga muammo qo’yiladi. Bu muammo echimi to’g’risida barcha igtirokchilar o’z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda xech kimning o’zga kishi g’oyalariga “xujum”qilishi yoki boholashga haqqi yo’q. Demak, “aqliy xujum” yo’li bilan qisqa daqiqalarda o’nlab g’oyalarni yuzaga chiqarish imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Aslini olganda g’oyalar sonini qo’lga kiritish asosiy

“Aqliy hujum” metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni echish jarayonlarini vaqt bo’yicha bir qancha bosqichlarga (g’oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat.

   Dars jarayonida aqliy hujumdan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi. “Aqliy hujum”ni uyushtirish bir muncha sodda bo’lib, undan ta`lim mazmunini o’zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining echimini topishda ham juda qo’l keladi. Dastlab guruh yig’iladi va ular oldiga muammo qo’yiladi. Bu muammo echimi to’g’risida barcha ishtirokchilar o’z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech kimning o’zga kishi g’oyalariga hujum” qilishi yoki baholashiga haqqi yo’q. Demak, “aqliy hujum” yo’li bilan qisqa minutlarda o’nlab g’oyalarni yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Aslini olganda g’oyalar sonini qo’lga kiritish asosiy maqsad emas, ular muammo echimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo’ladilar. Bu metod shartlaridan biri hech qanday tashqi ta`sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo’lishi kerak. Bildirilgan g’oyalarning besh yoki oltitasigina asosiy hisoblanib muammo echimini topishga salohiyatli imkoniyatlar yaratadi.

Shunday qilib, “aqliy hujum” qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin:

– olg’a surilgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;

– ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g’oyalar qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi;

– istalgan g’oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi;

– muammo echimidan uzoq g’oyalar ham qo’llab-quvvatlanadi;

– barcha g’oyalar yoki ularning asosiy mag’zi (farazlari)  qayd  etish  yo’li  bilan yozib olinadi;

– “hujum”ni o’tkazish  vaqti  aniqlanadi  va unga rioya qilinishi shart;

– beriladigan savollarga qisqacha ( asoslanmagan) javoblar berish ko’zda tutilishi kerak.
Vazifasi.“Aqliy hujum” qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni  ko’rish  chegarasini  kengaytirishga,  fikrlash  bir xilliligini  yo’qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan  ijodiy hamkorlik  kayfiyatiga o’tiladi
Ob`ekti.  qo’llanish  maqsadiga  ko’ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilikda (yangi muammoni echishga imkon yaratadi), o’qitish jarayonida (o’quv materiallarini tezkor o’zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o’z-o’zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.
ESSE

Yozuv malakalarini rivojlantiruv interfaol usullar.Bunday usullar ham inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Ular norasmiy fikr va qiyofalarni qayd qilish, har tomonlama ko’rib chiqilmaguncha saqlab turish va ularni yanada aniqroq ifodalash imkonini beradi. Bunday usullardan foydalanish yaxshi mikoniyatlar beradi. YOzma nutqni rivojlantirishning quyidagi usullariga to’xtalamiz:

A) esse. esse “frantsuzcha – tajriba- dastlabki loyixa” shaxsning biror maqsadga mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil erkin fikri. Bunda tinglovchi o’zining mavzu bo’yicha taassurotlarini, g’oya va qarashlarini erkin tarzda bayon qiladi. esse yozishda xayolga kelgan dastlabki fikrlarni zudlik bilan qog’ozga tushurish, iloji boricha ruchka (qalam) ni qog’ozdan uzmasdan, to’xtalmasdan yozish. So’ngra matnni qayta tahlil qilib, takomillashtirish tavsiya etiladi. Mana shundagina yozilgan essening haqqoniy bo’lishi e`tirof etilgan. essening muayyan mavzu, tayanch tushuncha yoki erkin mavzuga bag’ishlab yozish tavsiya etiladi. esse-talabalarning darsda eshitgan ma`ruzasi yuzasidan idrok etgan, o’zlashtirgan tushunchalarini umumiy tarzda qisqa bayon qilib beruvchi xati hisoblanadi.

B) Asoslovchi esse-bu shunday esseki, unda muallif biror mavzu bo’yichap muayyan nuqtai-nazarga ega bo’lib, esse mazmunida uni himoya qiladi, buning uchun bir qator asoslovchi dalillar keltiradi. SHundagina asoslovchi esse metodi bajarilgan bo’ladi. esse metodi o’zining bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Bu metod orqali g’oyalarni erkin tarzda bayon qilish mumkin.

S) Texnik diktant-texnikaga oid matndagi gaplar ayrim so’zlari, formulasi yoki biror fikr tushurib qoldirilib diktovka qilinadi (yoki magnitafonda eshittiriladi). O’quvchilar esa har bir bo’sh qolgan joyga oid javoblarni o’zlari topib yozib boradilar. Texnik dikt’antni barcha fanlardan qo’llash tavsiyae tiladi.

Hamma fanda qo’llansa bo’ladi. Diktantlar asosan ona tili uchun bajariladi. Bu yozuv turini hamma fanlarda ishlatib borsak bo’ladi.

D) Taqriz-bu o’qilgan matnni ijobiy yoki salbiy nuqtai-nazardan baholanishidir. Taqriz yozishda quyidagilarga e`tibor berish zarur;

Taqriz-matnnni o’qigan kishining bu haqidagi shaxsiy fikri, bayon bo’lishi lozim, matndan ko’chirib yozish yoki uni qayta ta`riflash qabul qilinmagan.

Xirurgiya va reanimatsiya amaliy dars jaroayonida “Amaliy mashq” usulidan foydalanish

HAMSHIRALIK ISHI TEXNIKASI FANIDA “ROLLI O’YINLAR” USULIDAN FOYDALANIB DARS O’TISH USULI